CrawlCatcher
Siz saytda:
sayohat
     

Hayotning har lahzasi go`zal
Umrning har dami g`animat.

Bloglar

filipin, nikoh to'y an'analari, foto

*Filippindagi  Laymstoun g’ori o’liklar uyi hisoblanadi. Bu g’orda marhumlar yoqilgani sababli g’orning tashqi tomoni tobut shaklida. Marhumlarni g’orda yoqish odati Xitoyda istiqomat qiluvchi va hozirda deyarli yo’q  bo’lib ketayotgan b ova toaraja  qabilalarida ham bor.

 

  nikoh to'y an'analari, foto, finlandiyaFinlandiyalik kelinlar to’y kuni qo’lda yasalgan oltin toj kiyishib, uni o’zi istagan qizlardan biriga taqdim etadi, bu tojni kiygan qizning tez kunda sevgan insoniga turmushga chiqishini anglatadi. Vikinglar zamonida esa turmush qurish jarayonu xuddi ckimoshdi savdosi  kabi o’tkazilgan. Misol uchun, kuyov  tomon  kelinning  otasiga ma’lum  miqdorda narx aytadi. Agar taklif unga ma’qul kelsa, bu pulni kelin tomon qalin o’rnida qabul qiladi va to’y harajatlariga sarflaydi. Shuningdek, kelin –kyuov to’kis yashasin, degan maqsaddda to’y kun I kelinning otasi qizining chap oyog’iga kumush, o’ngiga esa onasi oltin taqib qo’yadi.

nikoh to'y an'analari, foto, bolgariyaBolgariyada ham oila qurishning o’ziga yarasha udumlari mavjud. Yigit sevgan   qizining  uyiga eng yaqib do’sti bilan tashrif buyurar ekan, baxt, sog’liq va boylik timsoli bo’lgan “raqiya” nomli xushta’m viski va yashil gullardan tarkib topgan  guldasta olib keladi. Kuyov oila boshlig’iga maqsadini aniq bayon etgach, qizning otasi qizidan : “Oila qurishga tayyormisan?”  deya uch marta so’raydi. Uchinchisida u :”Ha” deb javob bersa, qizning oilasi  kuyovga hadyalar berib jo’natadi. To’y kuni esa ular juda qiziq udumni amalgam oshirishadi. Kelin  ichida pul, tuxum va bug;doy bo’lgan idishni ortiga qaramasdan  boshining ustidan oshirib, orqa tomonga o’tadi. Idish qanchalik kichik parchalarga bo’linsa shuncha yaxshi.

  nikoh to'y an'analari, foto, xitoy, kitayXitoyda esa to’y qilishdan oldin kuyovning yaqinlari astrolog huzuriga borib, turmush qurish istagida bo’lgan juftlikning bir-biriga to’g’ri kelishi- kelmasligini aniqlaydilar. Buni aniqlash uchun kelin kuyovning tug’ilgan kuni, soati aniq aytiladi. Xitoy udumlariga ko’ra, to’ydan  oldin kelin-kuyovning   xonasiga mevalar  teriladi va bolalar kirib, o’ynab ulardan  yeyishlari mumkin. Xonaga qanchalik ko’p bolalar yig’ilsa, qurilajak oila shunchalik serfarzand va fayzli bo’ladi. Shuningdek, ular oyning  oxirgi  15 kunligida to’y  qilish baxtsizlik keltiradi deb o’ylashadi va imkon qadar bu paytda oila qurishmaydi.  

nikoh to'y an'analari, foto, hindistonHindistonning Solapur viloyatida  har yili  bir sanani tayin qilgan ota-oanalar bolalarni 150 santimetrlik eski minoradan pastga otishadi.  Pastda esa hamqishloqlari tutqich bilan bolani tutib olishadi. Bu odatni hindlar  bolaning uzoq va sog’ – salomat  yashashi uchun  ado etishadi.

 

nikoh to'y an'analari, foto, shotlandiyaShotlandiyada kelin to’ydan bir kun oldin  oiladagi kattalar o’rtasida o’tirib, ularga  oyog’ini yuvadilar. Bu odat kelin-kuyovning baxt sari jadal odimlanishi va mudom pok yurishi  uchun amalgam oshiriladi. To’y kuni esa kelin oyoq kiyimning ichiga pul solib oladi.

 

Belgiyadagi o’ziga xos odatlardan biri ro’molchaga ism bitishidir, ya’ni to’ydan  oldin kelining oilasi  ro’molcha  hozirlab, unga qizning ismini yozishadi va bu to’y kuni kuyov tomondagilarga ko’rsatiladi. Shu orqali kuyovning yaqinlari kelinning ismini bilib olishadi.

 

 

 

 

shuningdek:


Kelinlar yarmarkasi

BUTUN DUNYONING TO'Y AN'ANALARI

Nikoh to'ylari 

Asal oyi o’tkazish uchun eng yaxshi joylar beshligi

10 ta eng ommabop to’y yo’nalishlari va joylari

Dunyodagi eng romantik plyajlar

Bo’ydoqlar uchun eng yahshi kurortlar

 


Ko'rganlar soni: 365
 | 
 | 
     
 | 
Ovozlar: 1
 | 
Sharhlar:


Для добавления комментария, вам необходимо войти или зарегистрироваться
Request Time: 1.393s.