Tinib- tinchimas olimlar texnika olamida yangillik yaratishdan charchayotgani yo’q, endilikda kitobni skaner qilish uchun uni ko’tarib kompyuter yoniga olib borishning hojati yo’q.
Yangi taratilgan “Scan board” skanerlari juda ixcham va qulay moslama bo’lib, u, asosan, shaffof plastikdan ishlanadi.
Lazerning yupqagina chizig’ini sezmaysiz ham. Ammo skaner qilinayotgan ma’lumotni bemalol ko’rib turishingiz mumkin. Hajmi daftar varag’idan biroz kattaroq. Uni skaner qilmoqchi bo’lgan kitobning ustiga qo’ysangiz bo’ldi. Ko’chirilgan ma’lumotlarni esa maxsus USb yordamida kompyuterga o’tkazib olasiz.
Lekin bu hozircha faqatgina konsept variant, xolos. Ammo dizaynerlar Jo Je Xvan va Shin Se Xvanlarning mehnati barchaning olqishiga sabab bo’lmoqda.
Aqlli linzalar