|
|
|
“OQ OTLI” SHAHZODALAR
Dunyodagi yosh taxt vorislari haqida eshitganmisiz? Did bilan kiyingan, barcha havas ko’zi bilan qaraguvchi shahzodalarning hayoti, ma’lumoti , moliyaviy ahvoli, xobbisi barchaga birdekqiziq bo’lsa kerak. Ularning ba’zilari mamlakatdagi katta muommolar bilan shug’ulanadi, echim topadi. Shu bilan birga omma o’rtasida o’z o’bro’si va shuhratiga egadir. Chunki ular oddiy shahzodalar emas-da!...
AMADEO-BELGIYA SHAHZODASI

To’liq ismi- Mari Jozef Karl P’er Filipp Paolo Markus D’avito. Uning taxtga o’tirish ehtimoli kam, chunki undan oldin qirollik qonidan bo’lgan boshqa oila a’zolari turishibdi. Amadeo Londondagi iqtisodiyot maktabini tamomlagan. Bundan tashqari, u Belgiya armiyasining zaxiradagi ofiseri bo’lib , hozir Nyu-Yorkdagi katta auditoriyalik kompaniyasida ishlaydi. Bir yil davomida yaxtada sayr qilib, ispan tilini o’rgangan 25 yoshda uylanmagan. Xobbisi-yugurish.
HAMDAN-BAA SHAHZODASI
To’liq ismi- shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Al-Maktum. U shayx Muhammad bin Rashid Al’ –Maktumning 19 nafar farzandlaridan biri va Dubay taxti vorisi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda u davlat ishlari bilan ham shug’ulanadi va Dubay Ijroiya majlisining boshqaruv raisi sanaladi. Sendxerstdagi Qirollik harbiy akademiyasini, so’ngra Londondagi iqtisodiyot maktabini bitirgan. 28 yoshda, uylanmagan
Boyligi: 18 mlrd.AQSh dollari
Xobbisi: she’r yozadi va ularni “Fazza” taxallusi ostida chop ettiradi. Bundan tashqari, u ko’plab tuyalar sotib oladi, parashutdan sakrash bilan shug’ulanadi va avtomobillarga qiziqadi.
GENRI-BUYUK BRITANIYA SHAHZODASI

To’liq ismi- Genri Charl’z Al’bert Devid Mauntbetten. Shahzoda Genri Britaniya taxtining 3-o’rindagi vorisidir. U Iton kolleji,Sendxerstdagi Qirollik harbiy akademiyasini tugatib, ikkinchi leytenant unvonini olgan, Afg’onistondagi urushda qatnashgan. U juda jiddiy, samimiy yigit. 26 yoshda, uylanmagan, Chelsi ismli qiz bilan uchrashadi.
Boyligi: 40 mln. AQSh dollari
AZIM-BRUNEY SHAHZODASI
To’liq ismi-Azim bin Sulton Hoji Hassan al-Bolkiax. Taxt vorisligi uchun 4-o’rinda turadi. Otasi Sulton Bolkiax dunyoning eng badavlat kishilardan biridir. U ham boshqa shahzodalar qatori Sendxerstdagi Qirollik harbiy akademiyasida o’qishga harakat qilgan, ammo kuchli tartib intizomga chiday olmay, o’qishni tashlab ketgan. 28 yoshda, uylanmagan
Boyligi: 22 mlrd, AQSh dollari
ANDREA-MONAKO SHAHZODASI
To’liq ismi-Andrea Albert P’er Kaziragi. Onasi Karolinadan keyin ikkinchi o’rindagi taxt merosxo’ri sanaladi. U bir necha nufuzli o’quv dargohlarini tamomlagan, ot sporti magistri. Ko’plab tillarni biladi, xalqaro siyosat bilan shug’ulanadi. 26 yoshda uylanmagan. Bir necha yildan beri Tat’yana Santo-Domingo ismli qiz bilan uchrashadi.
Boyligi: 1.7 mlrd. AQSh dollari
shuningdek:
Для добавления комментария, вам необходимо
войти или
зарегистрироваться