CrawlCatcher
Siz saytda:
sayohat
     

Hayotning har lahzasi go`zal
Umrning har dami g`animat.

Bloglar

Ginnessning rekordlar kitobi

“Ginnessning rekordlar kitobi” dunyoda eng ko’p oddada chop qilinadigan kitoblardan biri. 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan kishilarning birdek qiziqishiga sabab bo’luvchi ushbu kitobga 1955 yilda Irlandiyaliklar asos solishgan. Discovenger.uz sayti siz uchun dunyoning yuzlab mamlakatlarida 23 tilda chop qilinadigan bu kitobga kiritilgan rekordlar bilan tanishtirib boramiz.

 

 

Shokoladmisan, shokolad

 

Chikagodagi “Dunyoning eng ajoyib shokoladi” kompaniyasi shu yilning 13 sentyabr kuni katta shokolad tayyorlab, “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy oldi. Uzunligi 7 metr bo’lgan ushbu ulkan shokoladning vazni 5574 kilogrammni tashkil qildi. Vazni bilan oldingi rekordni bir tonnage ortga qoldirdi.

 

Insoniyatning  tugashi-yu…

 

Dunyodagi eng novcha odam turkiyalik Sulton Kosen hisoblanadi. Uning bo’yi 246,5 santimetr. Oyog’ining o’lchami 36,5sm. Rekordlar kitobiga kirguncha juda nochor ahvolda yashagan Sultonning 3 juftgina poyafzali bo’lgan. Xullas, mashhur qiziqchimiz ta’biri bilan aytganda, insoniyatning tugashi-yu, devning boshlanishi…

 

Eng uzun tirnoqli ayol

 

Dunyodagi hech bir ayolning tirnoqlari amerikalik Kris Uoltonnikiga teng kelmasa kerak. Rok yo’nalishida ijod qiluvchi ushbu xonim mana 18 yildirki, tirnog’ini olmaydi. Tirnoqlari shu qadar o’sganki, ularni ko’tarib yurishga ham qiynalmoqda. Chap qo’liniki 309,8 sm bo’lsa, o’ng qo’lidagisi 292,1 sm. Ikkala qo’lidagi tirnoqlarning umumiy uzunligi 601.9sm. shunday tirnoqlar bilan ovqat eyishni tasavvur qila olasizmi?

 

Eng keksa barmen

 

Yaqinda nafaqaga chiqqan 97 yoshli Anjelo Kammarata –dunyodagi eng keksa barmen sifatida rekordlar kitobiga kirgan. U 1933 yilda o’z faoliyatini boshlagan. Hali hech kim bu rekordni yangilay olmadi. “Kamarata kafe” qovoqxonasining egasi bo’lgan bu inson bir asrni qoralab qolganida nihoyat nafaqaga chiqdi.

 

O’lchamlar tarixida yangilik:

70-38-70

 

 

Odatda nozik bel go’zallik ramzi hisoblanadi. Katya Jung esa “eng xipchabel ayol” sifatida rekordlar kitobidan joy olgan bo’lib, , uning beli o’lchami “kapalagingizni uchiradi”. Chunki, bu xonimning beli o’lchami bor yog’I 38 sm! Uni ilk bor ko’rganda beli sinib ketadi , deb xavotirlanasiz. Ammo bu xonimning sog’lig’iga havas qilsa arziydi. 1937- yilda tug’ilgan Jung xonim 28 yildan buyon belini qisib turadigan kiyimlar kiyaverib, shu ahvolga tushgan ekan.

 

Qumga ishlangan san’at asari

 

Qumga chizilgan eng katta surat muallifi Hindistonning Goa shtatida yashovchi Nilesh Radjaram hisoblanadi. U chizgan surat 4900 kvadrat metr joyini egallagan.

 

Uy ichida hatto bog’ bor

 

Hindistondagi eng boy inson hisoblanuvchi Mukesh Ambaninng Mumbaydagi uyi dunyodagi eng qimmat bino deb topilgan. Uning narxi 1 milliard dollarga teng balandligi 170 metr bo’lgan 27 qavatli bu uyning o’ziga xos hususiyati- hech bir qavvat bir-biriga o’xshamaslikdadir. Uning ichida hovuz, raqs studiyasi , har bir qavatda bog’lar, vertolyot qo’nish maydonchasi va hokazolar bor.

 

Zamonaviy, ommaboplaridan ham bo’lsin!

“Samsung ” kompaniyasi dunyodagi eng yupqa telefonni yaratdi. “Ultra edition 5.9” deb nomlangan ushbu telephoning qalinligi atigi 5.9 millimetrni tashkil etadi. Lekin odatdagi telefonlardan ancha uzunroq.

shuningdek:

Yer yuzida shunday joylar borki...


Qanday qilib sohil (plyaj) qirolichasi bo’lish mumkin: orzu tomon 5 qadam


Nefertiti: go’zal qirolichaning siri

Bulutlar uzra hursandchilik

Aqlli linzalar

Plastik skaner

 

 

 

 

 

 

 

 


Teglar: foto, ginnes kitobi, sayohat, turizm 14/01 2012, 14:18
Ko'rganlar soni: 372
 | 
 | 
     
 | 
Ovozlar: 0
 | 
Sharhlar:


Для добавления комментария, вам необходимо войти или зарегистрироваться
Request Time: 1.301s.